locale OZ

Namanganda voleybol musobaqasining final bosqichiga qur’a tashlandi

“Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi final bosqichining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda voleybol musobaqasining final bosqichiga qur’a tashlandi
photo: Voleybol Uzbekistan

“Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi final bosqichining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Milliy olimpiya qo'mitasi Namangan viloyat direktori Azamjon Axmadaliyevlar ishtirok etib, hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ayol sportchilarga bahslarda omad va muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir davomida musobaqani o‘tkazish tartibi, rasmiy voleybol qoidalari hamda xalqaro talablarga amal qilish yuzasidan ishtirokchilarga zarur tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng qura tashlash marosimi o‘tkazilib, final bosqichida o‘zaro bellashadigan jamoalar aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar joriy yilning 2-iyul sanasidan boshlab “Pahlavon” sport majmuasida o‘tkaziladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting