Namanganda voleybol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston chempionati boshlandi
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Namangan davlat texnika universitetining zamonaviy sport zalida voleybol bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati tantanali ravishda start oldi.
Mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli va iqtidorli yosh jamoalar ishtirok etmoqda. Chempionat yosh sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ularning sport mahoratini oshirish, shuningdek, kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoalari uchun munosib zaxirani shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa bellashuvlari qizg‘in, murosasiz tarzda o‘tmoqda. Har bir uchrashuv yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va jamoaviy o‘yinini namoyon etmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist