locale OZ

Namanganda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi boshland

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi boshland
PHOTO: Telegram

Ayni daqiqalarda Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasi “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan ushbu turnirda jami 114 nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishgan.

Ishtirokchilar orasida terma jamoaga nomzod taniqli dzyudochilar ham bor. Ular -81, -90, -100 vaa +100 kg vazn toifalarida o‘zaro bellashishmoqda. Eng ko‘p qatnashchi -81 kg vaznda bo‘lib, sovrinli o‘rinlar uchun 56 nafar dzyudochi kurash olib bormoqda.

Namangan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiladi. Har bir vazn g‘oliblari 22 mln, kumush medal sohiblari 14, bronza medal egalari esa 7 mln so‘mdan mukofot puliga ega bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting