locale OZ

Namanganda ushu bo’yicha viloyat chempionati o’tkazildi

Bu haqda Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda ushu bo’yicha viloyat chempionati o’tkazildi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

25–26-aprel kunlari Namangan shahar sport maktabida sportning ushu turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida Namangan viloyati chempionati o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada viloyatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechib, har bir vazn va yosh toifasida kuchlilar saralandi.

Musobaqa davomida yosh sportchilarning texnik tayyorgarligi, chaqqonligi va jangovar ruhiyati alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi. Ayniqsa, o‘smir qizlar o‘rtasidagi bahslar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa viloyatda ushu sport turini yanada rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting