Namanganda universal jang turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi


Bugun Yangiqo‘rg‘on tumanida sportning universal jang turi bo‘yicha viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.
"Yosh gvardiyachilar" bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan ushbu nufuzli chempionatda o‘smirlar, yoshlar va kattalar ishtirok etishdi.

Chempionatda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yuzlab sportchilar kuch sinashishdi. Musobaqa 3 bosqichda o‘tkazildi:
1-raund: Sportchilar maxsus tayyorlangan to‘siqli yo‘laklardan o‘tishdi — zigzag usulida yugurish, yoshiga qarab devordan sakrab o‘tish, gimnastika stolidan sakrash, akrobatik uslubda to‘siqlardan o‘tish, tunnel orqali yurish, pnevmatik quroldan nishonga o‘q uzish, pichoq uloqtirish va balandlikka arqon orqali ko‘tarilish kabi murakkab elementlarni bajarishdi.

2-3 raund: Sportchilar universal jang sportining light (kurash) va klassik (jang) yo‘nalishlarida o‘zaro jangovar bellashuvlarda qatnashib, jismoniy tayyorgarlik, tezlik va texnik mahoratlarini namoyon etishdi.


Boshqa sport turlari
Bugun da 15:37

Futbol
Bugun da 13:02

Boshqa sport turlari
Bugun da 12:28