Namanganda U-19 voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari taqdirlandi
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Namangan davlat texnika universitetining zamonaviy sport majmuasida voleybol sport turi bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetib, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bir necha kun davom etgan mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan saralangan terma jamoalar ishtirok etib, o‘zaro keskin va murosasiz bahslar olib bordilar. Bellashuvlar davomida yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va jamoaviy uyg‘unligi yuqori saviyada namoyon bo‘ldi.
Musobaqa yakunlari quyidagicha:
1-o‘rin — Namangan viloyati terma jamoasi
2-o‘rin — Andijon viloyati terma jamoasi
3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist