locale OZ

Namanganda to’qqizinchi xalqaro uloq-ko’pkari turniri bo’lib o’tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda to’qqizinchi xalqaro uloq-ko’pkari turniri bo’lib o’tdi
PHOTO: Telegram

Uloq-ko’pkari bo’yicha to’qqizinchi xalqaro turnirga Namangan viloyati chavandozlar maktabi mezbonlik qildi.

Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasidan kelgan tajribali chavandozlar ishtirok etib, g'oliblik uchun bellashdi. Har bir jamoa o‘zining mahorati, chidamliligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etgan holda, chempionlik sari kurash olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko’ra O’zbekiston-1 terma jamoasi birinchi o’rinni, O’zbekiston-2 terma jamoasi ikkinchi o’rinni va Qozog’iston terma jamoasi uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

G‘olib jamoalar medal, kubok hamda tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho pul mukofotlari bilan taqdirlandilar

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting