locale OZ

Namanganda taekvondo WT bo‘yicha Vodiy ochiq turniri boshlandi

Musobaqa davomida eng kuchli sportchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda taekvondo WT bo‘yicha Vodiy ochiq turniri boshlandi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sportning taekvondo WT turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Vodiy ochiq turniri qizg‘in bahslar bilan davom etmoqda.

Mazkur musobaqada Namangan hamda Farg‘ona viloyatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun murosasiz bellashmoqda.

Turnirning asosiy maqsadi yosh iste'dodlarni aniqlash, sportchilar o‘rtasida tajriba almashish, taekvondo WT sport turini yanada ommalashtirish hamda sportchilarning mahoratini oshirishdan iborat.

Har bir uchrashuv sportchilarning yuksak tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etmoqda. Musobaqa davomida eng kuchli sportchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting