Namanganda suv polosi bo‘yicha xotira turniri yakunlandi
Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi R.Sh. Vishnyakov xotirasiga bag‘ishlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
Namangan viloyatida suv polosi bo‘yicha ochiq turnir o‘tkazilib, u milliy terma jamoa bosh murabbiyi R.Sh. Vishnyakov xotirasiga bag‘ishlandi.
Bellashuv natijalari quyidagicha:
1-o‘rin — Namangan viloyati terma jamoasi
2-o‘rin — “Pioner” jamoasi (Ramenskoe, Rossiya)
3-o‘rin — SShVVS jamoasi (Namangan)
Shuningdek, musobaqada eng yaxshi o‘yinchi, hujumchi, darvozabon va to‘purar nominatsiyalari bo‘yicha alohida sportchilar taqdirlandi. Ularga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Turnir R.Sh. Vishnyakov xotirasiga hurmat ifodasi sifatida hamda yoshlar orasida suv polosi sport turini ommalashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor