Namanganda sport sinovlariga start berildi
Sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumiga rasmiy start berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Namangan shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 7–17 yoshdagi o‘quvchilar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumiga rasmiy start berildi.
Tantanali ochilish marosimida Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Yunusov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, ustozlar hamda yuzlab o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda yoshlarning jismoniy chiniqishi, sportga bo‘lgan qiziqishi, sog‘lom turmush tarziga intilishi kabi muhim jihatlarni rivojlantirish asosiy maqsad sifatida ta’kidlandi.
Shuningdek, sport sinovlarini adolatli va yuqori saviyada o‘tkazish, har bir o‘quvchining jismoniy tayyorgarligini xolis baholash ustuvor vazifa etib belgilandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist