Namanganda Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi xalqaro turniri o'tkazildi
Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i” amfiteatrida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun nufuzli xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Turnirning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi hamda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Baxodir Toshmatov, Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov, Sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, soha mutasaddilari, faxriy mehmonlar, murabbiylar va sport ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangradi hamda turnirning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda pul mukofotlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.