Namanganda para stol tennisi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi
Davlatobod tumani sport maktabining badminton markazida Namangan viloyati Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tomonidan para stol tennisi sport turi bo‘yicha ayollar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Namangan viloyati chempionati yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda mahorat, matonat hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining texnik tayyorgarligi, tezkorligi va sportga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondilar. Ayniqsa, yosh sportchilarning faol ishtiroki musobaqaga alohida ruh bag‘ishladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.