Namanganda ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi
Bugun Namangan viloyatining Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasi markaziy ko‘chasida “Eco – Save Aral-2025”, “Talaba yugur” va “O‘quvchi yugur” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Oliygoh, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Marafonda viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari, umumta'lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.