locale OZ

Namanganda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Mazkur o‘quv-seminar hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va yangi iste’dodlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
photo: sport vazirligi

Namangan viloyat Yoshlar markazi majlislar zalida joriy yilda ommaviy sport musobaqalarini samarali tashkil etish, ularni yuqori saviyada o‘tkazish hamda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda viloyatdagi barcha shahar va tuman sport maktablarining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, shuningdek, seleksioner-trenerlar faol ishtirok etdi.

Seminar davomida Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari hamda soha mutaxassislari tomonidan ommaviy sport musobaqalarini rejalashtirish, ularni tashkil etish tartibi, musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish mexanizmlari, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, ommaviy sportni yanada rivojlantirishga oid dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar hamda kelgusida ommaviy sport musobaqalarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Mazkur o‘quv-seminar hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va yangi iste’dodlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting