locale OZ

Namanganda Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda

Bu haqda Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

Joriy yilning 4–9-avgust kunlari Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi "Pahlavon" sport majmuasi sportning Muaytay turi bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli muaytaychilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Bellashuvlarda sportchilar o‘zlarining texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jangovar ruhini namoyish etib, O‘zbekiston kubogi sovrindorlari safidan joy olish uchun murosasiz kurash olib bormoqdalar.

Musobaqaning asosiy maqsadi yosh va istiqbolli sportchilarni aniqlash, ularning mahoratini oshirish, Muaytay sport turini yanada ommalashtirish hamda milliy terma jamoa uchun munosib zaxira sportchilarni saralashdan iborat.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting