Namanganda «Mahalla ligasi» musobaqasining viloyat bosqichi start oldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Sport vazirligi
Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasida 30 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan uch bosqichli “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Sport vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkil etilib, unda sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, streetbol, vorkaut, shaxmat va shashka bo‘yicha eng sara jamoa va sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashmoqda.
Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratini namoyish etmoqda, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirish va mahallalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga ham hissa qo‘shmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist