Namanganda Kurash bo‘yicha U13 O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda
Barcha hududlardan tashrif buyurgan mingdan yosh sportchilar O‘zbekiston chempionligi uchun bahs olib bormoq
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida Kurash bo‘yicha U-13 kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqalar davomida yosh polvonlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘alaba uchun bor kuch va irodalarini safarbar qilishmoqda. Musobaqaning dastlabki kunlaridanoq kurashchilar tomonidan yuqori natijalar qayd etildi.
Mazkur chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan mingdan ortiq o‘g‘il-qiz sportchilar O‘zbekiston chempionligi uchun bahs olib bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist