locale OZ

Namanganda «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlariga start berildi

Ishtirokchilar dastlab ommaviy badantarbiya mashqlarini bajardilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlariga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun yurtimiz bo'ylab 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi fuqarolar o'rtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilish jarayoniga ramziy start berildi.

Mazkur loyiha sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholining barcha qatlamlarini muntazam jismoniy faollikka jalb etish maqsadida yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan Namangan shahridagi Barkamol avlod sport majmuasida ham sport sinovlarining ochilish marosimi o'tkazildi. Tadbirda viloyatning turli mahallalarida istiqomat qilayotgan fuqarolar, mahalla tizimi xodimlari, xotin-qizlar faollari, yoshlar va keksalar bir safda qatnashishdi.

Ishtirokchilar dastlab ommaviy badantarbiya mashqlarini bajarishdi, shundan so'ng jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o'tkazishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting