Namanganda Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkazilmoqda
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida 1–11-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qizg‘in o'tkazilmoqda. Sinovlar o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yosh toifalari asosida tashkil etilayotgani bilan yanada qiziqarli kechmoqda.
Dastlabki bosqichda ishtirokchilar tezkorlik va chaqqonlik, kuch va chidamlilik, harakatlarni muvofiqlashtirish, amaliy jismoniy ko‘nikmalar bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur sinovlar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist