locale OZ

Namanganda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari amaliy imtihon topshirmoqda

Imtihon jarayonlari “Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari amaliy imtihon topshirmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 12–20 noyabr kunlari respublika bo‘yicha belgilangan Sport maktablarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchilari uchun ikkinchi bosqich amaliy imtihonlar o‘tkazilmoqda.

Imtihon jarayonlari “Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarda o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahorati va pedagogik yondashuvi baholanmoqda. Jarayonlarga viloyat komissiyasi tarkibidagi mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, baholash mezonlari raqamlashtirilgan va shaffof tizim asosida amalga oshirilmoqda.

Mazkur imtihonlar jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini yanada oshirish, ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalarni qo‘llash va yoshlarning sportga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting