locale OZ

Namanganda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv kurslari boshlandi

Zamonaviy metodika va amaliy mashg‘ulotlar asosida bilim olishmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv kurslari boshlandi
Фото: Спорт вазирлиги

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga muvofiq, Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida viloyatdagi jismoniy tarbiya sohasi mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bevosita ishlab chiqarishdan ajralgan holda, zamonaviy metodika va amaliy mashg‘ulotlar asosida bilim olishmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali trener-o‘qituvchilari tomonidan 10–29 noyabr kunlari davomida olib boriladi.

Mazkur tashabbus ta’lim tizimida jismoniy tarbiya sifatini yanada oshirish, yosh avlodda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting