locale OZ

Namanganda Hokim Olimpiadasi va Paralimpiadasi musobaqalariga tantanali start berildi

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Prezident olimpiadasi”ning viloyat bosqichi ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda Hokim Olimpiadasi va Paralimpiadasi musobaqalariga tantanali start berildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Namanganda “Hokim Olimpiadasi va Paralimpiadasi” musobaqalariga tantanali start berildi!

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Prezident olimpiadasi”ning viloyat bosqichi ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, Namangan viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dedabayev, MOQ Namangan viloyati ijrochi direktori Azamjon Axmadaliyev, sport maktablari direktorlari, sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, yosh sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ochilish marosimi davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar “Prezident olimpiadasi” yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iste’dodi va mahoratini namoyon qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, mazkur musobaqalar yosh avlodni vatanparvarlik, matonat va g‘alabaga intilish ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, “Hokim Olimpiadasi va Paralimpiadasi” musobaqalari viloyat bo‘ylab sportning 19 ta turi bo‘yicha tashkil etilib, unda minglab yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashadilar.

Musobaqalar davomida eng iqtidorli sportchilar saralanib, keyingi bosqichlarga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting