Namanganda gandbol bo‘yicha viloyat kubogi bo‘lib o‘tdi
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
2026-yil 1–2 iyun kunlari Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning gandbol turi bo‘yicha U-18 va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Namangan viloyati kubogi musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada viloyatimizning turli tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro bellashib, mahorat, tezkorlik va jamoaviy o‘yin borasida kuch sinashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlar davomida yosh sportchilar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Musobaqa yakunida eng kuchli jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist