Namanganda gandbol bo‘yicha U-16 O‘zbekiston chempionati 2-tur bahslari boshlandi
Bu haqda Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
Namangan viloyati mezbonlik qilayotgan sportning gandbol turi bo‘yicha o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 2-tur musobaqasiga tantanali ravishda start berildi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli o‘g‘il va qizlar jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Chempionat yosh sportchilarning mahoratini oshirish, tajriba almashish hamda mamlakat terma jamoalari uchun munosib zaxira tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U-16 yosh toifasidagi gandbolchilar o‘rtasidagi mamlakat chempionati bosqichlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist