locale OZ

Namanganda gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan jami 28 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Фото: Спорт вазирлиги

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida U-18 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan jami 28 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda bahslar yanada qizg‘in tus olib, jamoalar chempionlik uchun murosasiz kurash olib bormoqda. Har bir uchrashuv yuqori temp, kuchli raqobat va sportchilarning mahorati bilan ajralib turibdi.

Yosh gandbolchilar ushbu musobaqa orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etib, muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etmoqda.

Mazkur chempionat yoshlar o‘rtasida gandbolni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularning mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting