Namanganda chim ustida xokkey bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi
2026-yil 2-may kuni Uchqo‘rg‘on tumani sport maktabida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha U-21 va undan kichik yoshdagi o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Namangan viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashib, jamoaviy hamkorlik, tezkorlik va yuqori sport mahoratini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar g‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi.
Chempionatning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, chim ustida xokkey sport turini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda kelgusidagi respublika bosqichlari uchun munosib zaxira shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.