locale OZ

Namanganda «Besh tashabbus Olimpiadasi» doirasida voleybol musobaqasi o’tkazildi

Gʻolib jamoalar musobaqaning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda «Besh tashabbus Olimpiadasi» doirasida voleybol musobaqasi o’tkazildi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

Mingbuloq tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida IIV kubogi uchun voleybol sport musobaqasining 16–21 hamda 22–30 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida sektor bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Bellashuvlar davomida jamoalar g‘alaba uchun qizg‘in va murosasiz bahs olib bordi. Har bir uchrashuvda ishtirokchilarning jamoaviy o‘yini, chaqqonligi va sport mahorati namoyon bo‘ldi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra: 16–21 yosh toifasida — Bozorboshi MFY jamoasi; 22–30 yosh toifasida — Qo'shqishloq MFY jamoasi g‘olib deb topildi.

Gʻolib jamoalar musobaqaning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting