Namanganda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida o‘g‘il-qizlardan iborat sportchilar ishtirok etdi. Sportga mehr qo‘ygan yoshlar musobaqalarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bellashuvlar do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat va haqiqiy sport ruhida o‘tdi. Ishtirokchilarning yuqori tayyorgarligi, g‘alabaga bo‘lgan intilishi va jamoaviy ruh musobaqalarga alohida zavq bag‘ishladi.
Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda iqtidorli ishtirokchilarni saralab olish orqali ularni respublika bosqichiga yo‘naltirishdan iborat.