locale OZ

Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gimnastrada musobaqasi o‘tkazildi

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gimnastrada musobaqasi o‘tkazildi
photo: sport vazirligi

Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Gimnastrada” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoa ishtirok etib, o‘z mahorati, jamoaviy hamjihatligi hamda badiiy-gimnastik chiqishlari bilan hakamlar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Kosonsoy tumani jamoasi;
2-o‘rin – To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasi;
3-o‘rin – Pop tumani jamoasi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting