locale OZ

Namanganda belbog‘li kurash bo‘yicha viloyat chempionati bo'lib o'tmoqda

Bu haqda Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda belbog‘li kurash bo‘yicha viloyat chempionati bo'lib o'tmoqda
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

To‘raqo‘rg‘on sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha Namangan viloyati chempionatining saralash musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Kurash – eng qadimiy sport turlaridan bo‘lib, uch ming yillik tarixga ega. Yillar o‘tib u milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida ommalashib, bugungi kunda yirik sport yo‘nalishiga aylandi.

Sport maktabida tashkillangan viloyat chempionatida 12 ta tumandan 200 dan ortiq kurashchilar bel olish uchun to‘plandilar. 2006-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqdalar.

Tadbirning ochilish marosimida Namangan viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi raisi, tuman hokimi Sherali Qosimov so‘z olib, sportchilarga keyingi bosqichlarda omad tiladi. Respublika chempionatlarining biri aynan To‘raqo‘rg‘onda o‘tkazilishi taklifini bildirdi. Huddi shunday ezgu niyatlarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni nishondori Ne’matulla To‘ychiyev ham aytdi.

Musobaqaning dastlabki aniqlangan g‘oliblari tuman rahbarlari tomonidan taqdirlandi. Bellashuvlar esa davom etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting