locale OZ

Namanganda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Musobaqada barcha viloyatlardan 200 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 16–18 sentabr kunlari Namangan viloyati Namangan tumanidagi sport maktabida yoshlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 200 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etdi.

Yigitlar belbog‘li yo‘nalishda 10 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo‘nalishda 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joiz, mazkur chempionat mamlakat terma jamoasi uchun munosib sportchilarni saralab olish vazifasini ham bajaradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting