locale OZ

Namanganda badminton bo‘yicha «Hokim Olimpiadasi» musobaqalari o‘tkazildi

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda badminton bo‘yicha «Hokim Olimpiadasi» musobaqalari o‘tkazildi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

Davlatobod tumani sport maktabiga qarashli badminton markazida sportning badminton turi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi — “Hokim Olimpiadasi” bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada hududning iqtidorli va istiqbolli yosh sportchilari o‘zaro kuch sinashib, badminton sport turidagi mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar kuzatildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting