locale OZ

Namangan viloyatining iqtidorli va chempion qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Tadbirda sport sohasida yurtimiz nufuzini yuksaltirib kelayotgan qizlar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyatining iqtidorli va chempion qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi
Фото: Спорт вазирлиги

11 oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida viloyatda yuqori natijalarga erishgan, turli sport turlari bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan iste’dodli qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sport sohasida yurtimiz nufuzini yuksaltirib kelayotgan qizlar, ularning murabbiylari hamda institut talaba-qizlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida sportchi qizlar o‘z muvaffaqiyat sirlari, mehnatsevarlik va intilish haqidagi hayotiy tajribalari bilan bo‘lishishdi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, maqsad sari intilish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ayollar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting