locale OZ

Namangan viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida voleybol musobaqalari o‘tkazildi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyatida “Yoshlar kuni” doirasida voleybol musobaqalari o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Chust tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumanida ham voleybol bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, tuman hududidagi 10-sonli hamda 45-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” uchun bellashuvlar o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechgan musobaqalarning taqdirlash marosimida Uchqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik U.B. Murodullayev ishtirok etib, “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarni sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy kasb-hunar hamda xorijiy tillarni o‘rganishga rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotganini ta’kidladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini keng ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting