Namangan viloyatida \"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari\" sport musobaqasining tuman bosqichlari davom etmoqda
Davlatobod tumanida joylashgan Dzyudo markazida ushbu nufuzli musobaqaning dzyudo bo‘yicha tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlarda tumanda istiqomat qiluvchi, dzyudo sporti bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan 13–14 yoshli iqtidorli sportchilar ishtirok etib, gilamda o‘zlarining texnikasi, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishini namoyish etdilar.
Musobaqalar davomida har bir vazn toifasida murosasiz va tomoshabop bahslar kechdi. Ishtirokchilar o‘z murabbiylari mehnati va muntazam mashg‘ulotlar samarasi sifatida yuqori tayyorgarlik darajasini ko‘rsatib, g‘oliblik uchun astoydil kurash olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli sportchilar saralab olinib, musobaqaning keyingi bosqichlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.