Namangan viloyatida voleybol sport turi bo‘yicha 2025 yil sarhisobi bo‘lib o‘tdi
Namangan viloyatida voleybol sport turi bo‘yicha 2025 yil yakunlari sarhisob qilinib, ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda sport fidoyilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yil mobaynida erishilgan yutuqlar, o‘tkazilgan musobaqalar, yoshlar o‘rtasida voleybol sportini ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida qayd etildi. Eng faol va natijador sport sohasi vakillariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash marosimida Milliy Olimpiya qo‘mitasining hududiy vakili, O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi ijrochi direktori A.P.Ahmadaliyev, Ichki ishlar boshqarmasi maslahatchisi D.Mavlyanov, Olimpiya va Paralimpiya sportchilarini tayyorlash markazi direktori K.Axunov hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida kelgusida viloyatda voleybol sportini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori natijalarga erishish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.