locale OZ

Namangan viloyatida sportning voleybol turi bo‘yicha U-17 yoshli qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat chempionati o‘z yakuniga yetdi

Musobaqa davomida jamoalar yuqori saviyadagi o‘yin, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqni namoyish etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyatida sportning voleybol turi bo‘yicha U-17 yoshli qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat chempionati o‘z yakuniga yetdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Namangan viloyatida sportning voleybol turi bo‘yicha U-17 yoshli qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimi Uychi tumani 1-son sport maktabi sport zalida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Uychi tumani hokimi Muzaffar Abdullayev, Uychi tumani IIB boshlig‘i Umidjon Eshanov,
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Namangan viloyati ijrochi direktori, O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi viloyat ijrochi direktori Azamjon Axmadaliyev ishtirok etishdi.

Musobaqa davomida jamoalar yuqori saviyadagi o‘yin, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqni namoyish etdilar.

Yakuniy natijalar:
Yangiqo‘rg‘on tumani jamoasi – 1-o‘rin
Uychi tumani jamoasi – 2-o‘rin
Namangan tumani jamoasi – 3-o‘rin

G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting