locale OZ

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 63-maktabda voleybol sport turi bo‘yicha “Qor ustida voleybol” musobaqasi tashkil etildi

Mazkur sport tadbiri qish faslida sportchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va irodasini oshirish, shuningdek, voleybolga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 63-maktabda voleybol sport turi bo‘yicha “Qor ustida voleybol” musobaqasi tashkil etildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 63-maktabda voleybol sport turi bo‘yicha “Qor ustida voleybol” musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri qish faslida sportchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va irodasini oshirish, shuningdek, voleybolga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa davomida qizlar terma jamoasi ishtirokida qishki sharoitda mashg‘ulot olib borish bo‘yicha mahorat darslari ham tashkil etilib, sportchilarga sovuq ob-havoda to‘g‘ri harakatlanish, sog‘liqni asrash va texnik usullar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

E’tiborlisi, ushbu musobaqa sportchi qizlarning o‘z xohish-istagi va tashabbusi bilan tashkil etilib, ularning sportga bo‘lgan muhabbati, faolligi va irodasi yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting