Namangan viloyati Sport boshqarmasining taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun Namangan viloyati sport boshqarmasining majlislar zalida 2025-yilda viloyatda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, viloyat sport boshqarmasi rahbariyati, apparat xodimlari, sport maktablari direktorlar hamda sport federatsiyalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Taqdimot davomida 2025-yilda Namangan viloyatida sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, 2026-yilda bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritilgan namanganlik sportchilar, 2025-yilda tuman va shahar sport maktablari tomonidan tasdiqlangan kalendar reja asosida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda ushbu jarayonga yo‘naltirilgan mablag‘lar, 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan kompleks sport musobaqalari, Namangan viloyatidan milliy terma jamoaga kiritilgan sportchilar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.