locale OZ

Namangan va Andijon sportchilari qo‘shma yig‘inda tajriba almashmoqda

Yig‘inlar 30 avgustgacha davom etib, sportchilar va murabbiylar uchun samarali tajriba maktabiga aylanmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: aquatis.uz

Namanganda sinxron suzish bo‘yicha Namangan va Andijon viloyati sportchilari hamda murabbiylari ishtirokida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlar SSSh VVS bazasi hamda “Okean” suzish majmuasida tashkil etilgan.

Yig‘inlar davomida asosiy e’tibor sportchilarning musobaqalarga tayyorgarligi, murabbiylar o‘rtasida tajriba almashish va mahoratini oshirishga qaratilmoqda. Bunday hamkorlik sinxron suzish rivojiga hamda viloyatlar o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yig‘inda jami 20 nafar sportchi va 3 nafar murabbiy qatnashmoqda: Andijondan — 10 sportchi va 2 murabbiy, Namangandan — 10 sportchi va 1 murabbiy.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 30 avgustgacha davom etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting