locale OZ

Namangan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
PHOTO: Telegram

Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasi “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga mezbonlik qildi.

Mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan turnirda dzyudochilar -81, -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida bahs olib borishdi. Har bir vazn g‘oliblari 22 mln, kumush medal sohiblari 14, bronza medal egalari esa 7 mln so‘mdan mukofot puliga ega bo‘lishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Surxondaryo viloyati jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qashqadaryolik dzyudochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band egan bo‘lsa, kuchli uchlikka Toshkent shahri jamoasi 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakun yasab berishdi.

Shuningdek, Jizzax, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyati dzyudochilari ham shohsupaga ko‘tarilishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting