Namangan «UZBEKISTAN JUDO TOUR» g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Namangan “UZBEKISTAN JUDO TOUR” g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani “Pahlavon” sport majmuasi “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga mezbonlik qildi.
Turnirda yurtimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan tajribali va shu bilan birga yosh iste`dodli dzyudochilar 6 ta (4 ta erkaklar, 2 ta ayollar) vazn toifasida medallar uchun bahs olib bordi.
E'tiborga molik jihati shundaki, 6 ta vaznda 6 viloyat vakillari chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Kumush medallar nisbatiga ko'ragina Xorazm viloyati terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Buxoro va Namangan viloyati dzyudochilari kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
G'oliblar 22 million, kumush medal egalari 14, bronza medal sohiblari 7 million so'm pul mukofotiga ega bo'lishdi.
Shu tariqa, "Uzbekistan Judo Tour" musobaqasining Namangan bosqichi o'z yakuniga yetdi. Ushbu turnir yangi nomlar va iste'dodlarni kashf qilishda davom etadi.
Musobaqaning barcha g'olib va sovrindorlari:
-66 kg vazn toifasi
1. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)
2. Dilshod Hamroyev (Buxoro)
3. Anvarjon Ibrohimov (Buxoro)
3. Murodil Murodullayev (Toshkent shahri)
-81 kg vazn toifasi
1. Muhammaddo'st Eshdavlatov (Qashqadaryo)
2. Alimahmud Anvarov (Namangan)
3. Bunyod Safarov (Toshkent viloyati)
3. Mirjalol To'xtayev (Samarqand)
-100 kg vazn toifasi
1. Og'abek G'aniyev (Buxoro)
2. Muhammadobid Mahmarayimov (Samarqand)
3. Musulmon Mamatqulov (Surxondaryo)
3. Alisher Samanov (Samarqand)
+100 kg vazn toifasi
1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)
2. Jamshid Baxtiyorov (Xorazm)
3. Alibek Durdiyev (Xorazm)
3. Shohruh Mamarasulov (Surxondaryo)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi
1. Fotimaxon Tursunboyeva (Namangan)
2. Xalimajon Qurbonova (Xorazm)
3. Zarina Jamalova (Toshkent viloyati)
3. Maftuna Xolmatova (Farg'ona)
-63 kg vazn toifasi
1. Dinora Samandarova (Xorazm)
2. Zuhra Alimova (Xorazm)
3. Gulsanam Hazratova (Qashqadaryo)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)