Namangan dzyudo bo'yicha yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda
Yangi Namangan tumanida joylashgan “Pahlavon” sport majmuasida dzyudo sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli va istiqbolli yosh dzyudochilar mazkur nufuzli musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etib, O‘zbekiston chempionligi uchun tatamiga chiqmoqdalar.
Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘zlarining texnik va taktik tayyorgarligi, jismoniy imkoniyatlari hamda qat’iyatini namoyish etib, g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun murosasiz bahs olib boradilar.
Ushbu chempionat yosh dzyudochilar uchun o‘z iste’dodini namoyon etish, tajriba orttirish hamda kelgusida O‘zbekiston terma jamoasi safidan munosib o‘rin egallash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biridir.
Musobaqaning Namangan viloyatida o‘tkazilayotgani esa hududda sport, xususan, yakkakurash turlarini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborning yana bir ifodasidir.