NAFKU RACING TEAM 2025-yilgi mavsum Qirg'iziston drift chempionligini qo'lga kiritdi
Bishkek shahrida 2025-yilgi Ochiq Qirg‘iziston Drifting Chempionatining final — uchinchi bosqichi yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: NAFKU
Shaxsiy hisobda o‘zbekistonlik pilot Li Sen Man – Qirg‘iziston drifti Chempioni.
Bishkek shahrida 2025-yilgi Ochiq Qirg‘iziston Respublikasi Drifting Chempionatining final — uchinchi bosqichi yakunlandi.

Ushbu tomoshabop musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 38 dan ortiq kuchli drifterlar hamda 9 ta jamoa ishtirok etdi.

2025-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra:
Li Sen Man jami 257 ochko to‘plab, Qirg‘iziston Respublikasining mutlaq drifting chempioni bo‘ldi.
NAFKU Racing Team esa jamoaviy hisobda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimiz O‘zbekiston nomini munosib himoya qilib, mamlakatimiz avtosportining yuksak darajasini namoyish etdilar va xalqaro maydonda professionallik hamda matonat namunasi bo‘lishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor