locale OZ

MVL: “Karuana 40%? Men hatto Magnusga ham bunchalik bermagan bo‘lardim”

Nomzodlar turniri 2020/21 kumush medali sovrindori 🇫🇷 Maksim Vachye-Lagrav Kiprda bo‘lib o‘tadigan turnir favoritlari haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MVL: “Karuana 40%? Men hatto Magnusga ham bunchalik bermagan bo‘lardim”
photo: Chess Uzbekistan

Nomzodlar turniri 2020/21 kumush medali sovrindori 🇫🇷 Maksim Vachye-Lagrav Kiprda bo‘lib o‘tadigan turnir favoritlari haqida fikr bildirdi.

“Albatta, asosiy favorit — Fabiano Karuana. Bu uning oltinchi Nomzodlar turniri, u doim yuqori darajada o‘ynaydi va ko‘p partiya yutish qobiliyatiga ega.”

Biroq MVL farq unchalik katta emasligini ta’kidladi:

“Men Karuananing yutish imkoniyatlarini 40% deb baholashyapti degan gaplarni eshitdim — bunga ishonmayman. Uning real imkoniyati
20–25% atrofida
, undan ko‘p emas.”

U Nomzodlar turnirining o‘ziga xos murakkabligini ham tushuntirdi:

“Bu shunday turnirki, hatto juda yaxshi o‘ynash ham yetarli emas. Sen hatto o‘zingni ham “ortda qoldirishing” kerak. Hatto
Magnus Karlsen
ham g‘alaba uchun o‘z darajasidan yuqoriroq o‘ynashi kerak bo‘ladi. Men hatto Magnusga ham 40% bermagan bo‘lardim.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting