locale OZ

Muzaffarbek To‘raboyev: «Hurmat, mehnat, intizom, maqsad, g‘alaba!»

Og‘ir vazn toifasidagi dzyudochimiz tadbir doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer bilan ham uchrashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muzaffarbek To‘raboyev: «Hurmat, mehnat, intizom, maqsad, g‘alaba!»
photo: Og'ir atletika

Muzaffarbek To‘raboyev: "Hurmat, mehnat, intizom, maqsad, g‘alaba!"

Kecha Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi shtab-kvartirasida Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, jahon chempionlari ishtirokida tadbir o‘tkazilgan va unda Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sohibi, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev ham ishtirok etgan edi.

Og‘ir vazn toifasidagi dzyudochimiz tadbir doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer bilan ham uchrashdi. To‘raboyev tadbirdagi ishtiroki hamda janob Vizer bilan uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Shveysariyadagi Olimpiya muzeyida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti janob Marius Vizer bilan uchrashish men uchun katta sharaf bo‘ldi.

Men uchun dzyudo shunchaki sport emas — bu mening hayotim, mehnatim va katta maqsadlarim yo‘li. Shunday buyuk inson bilan uchrashish va suhbatlashish menga yanada katta motivatsiya beradi.

Har bir uchrashuv — yangi tajriba, har bir suhbat — yangi ilhom. Kelajakda dzyudo tarixida o‘z izimni qoldirish uchun yanada ko‘proq mehnat qilaman.

Hurmat, mehnat, intizom, maqsad, g‘alaba", - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi To‘raboyev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting