locale OZ

Muzaffarbek To‘raboyev bosh sovrin — avtomobil sohibi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida mehnat faxriysi To‘xta bobo Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muzaffarbek To‘raboyev bosh sovrin — avtomobil sohibi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida mehnat faxriysi To‘xta bobo Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yurtimizning nomdor polvonlaridan tashqari Rossiya, Ozarbayjon va qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan dzyudochilar 4 ta vazn toifasida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishdi.

Eng og‘ir vazn toifasidagi bellashuvlar 3000 dan ziyod tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Bunga tashkilotchi Bahodir Qodirov tomonidan bosh sovrin uchun Chevrolet Cobalt avtomobilining qo‘yilgani va albatta, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Alisher Yusupov, Muzaffarbek To‘raboyev singari taniqli dzyudochilar tarkibining jam bo‘lgani sabab bo‘ldi.

Murosasiz kechgan va 10 daqiqadan oshiqroq davom etgan boysunlik dzyudochilar o‘rtasidagi final bellushuvida Muzaffarbek To‘raboyev yosh Muhammadali Tangriyevni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin egasiga aylandi. Muzaffarbek avtomobil kalitini otasiga topshirdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar:

-66 kg vazn toifasi
1. Bahrom Asadov (Buxoro)
2. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)
3. Ruslan Bo‘riyev (Surxondaryo)
3. Asadbek Misirov (Surxondaryo)

-73 kg vazn toifasi
1. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)
2. Ahmadzoda Ma’sudi (Tojikiston)
3. Dilshodbek Hamroyev (Buxoro)
3. Abdulbosit Abdusalomov (Toshkent shahri)

-90 kg vazn toifasi
1. Alisher Samanov (Samarqand)
2. Oybek Amanturdiyev (Surxondaryo)
3. Arslonbek Qodirov (Surxondaryo)
3. Sherbek Rashidov (Qashqadaryo)

+90 kg vazn toifasi
1. Muzaffarbek To‘raboyev (Surxondaryo)
2. Muhammadali Tangriyev (Toshkent viloyati)
3. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent viloyati)
3. Zufarbek O‘rolov (Samarqand)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting