locale OZ

Muzaffar Qalandarov Xorazm viloyati terma jamoasi og‘ir atletikachilari bilan uchrashdi

Sportchilar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muzaffar Qalandarov Xorazm viloyati terma jamoasi og‘ir atletikachilari bilan uchrashdi
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi viloyat bo‘limi raisi Muzaffar Qalandarov viloyat terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi”, shuningdek, respublika hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Sportchilar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Suhbat jarayonida sportchilar faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, hududiy federatsiya tomonidan sportchilarning oila a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lish va ularning holidan muntazam xabar olib borish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting