locale OZ

Muzaffar Ahadjonov: \"Muxlislarga bunday o‘yinni o‘tkazib yubormaslikni maslahat beraman\"

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Muzaffar Ahadjonov: "Muxlislarga bunday o‘yinni o‘tkazib yubormaslikni maslahat beraman"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 2-iyun sanasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bosh sovrin uchun "BMB PFC" hamda “Oil Star PFK” jamoalari kurash olib boradi.

Mazkur bahs oldidan "BMB PFC" jamoasi to‘purari Muzaffar Ahadjonov federatsiya rasmiy saytiga fikr bildirdi:

"Finalga tayyorgarlik juda ham zo‘r ketmoqda. Jamoadoshlarimning kayfiyatlari a`lo darajada. Bizning maqsad — finalda g‘olib bo‘lish hamda yana bir titulni qo‘lga kiritish.

Biz finalda juda ham chiroyli va jangovar o‘yin kutyapmiz. "Oil Star" jamoasini bilamiz, juda ham irodali va kuchli klub.
Muxlislarga bunday o‘yinni o‘tkazib yubormaslikni maslahat bergan bo‘lardim.
Umid qilamanki, arenaga tashrif buyurgan ishqibozlar o‘yindan bir olam zavq olib ketishadi.

Hozir men to‘p urarlikka (https://t.me/Futsal_Uzbekistan/27254) ahamiyat bermayapman. Unda men yoki boshqa bir jamoadishim g‘olib bo‘lishi asosiy masala emas. Asosiy maqsadim yana br chempionlikni qo‘lga kiritish, lekin jamoam yutishi uchun gol urishga doim tayyorman",-deydi futzalchi

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting