Murabbiylarimiz IJF Academy kursida malaka oshirishdi
Murabbiylarimiz IJF Academy kursida malaka oshirishdi
6-13 sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan IJF Academy murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tdi.
Bir haftalik o‘quv-amaliy kurslarda iste’dodli murabbiylarimizdan Nargiza Azimova, Zokirjon Sobirov, Gelaniy Ozdayev, Zafarjon Nafasov, Jamshid Xudayberganov, Ismoil Qurbonov, Baxtiyor O‘razboyev ham o‘z malakasini oshirdi.
IJF tomonidan biriktirilgan maxsus komissiya a’zolari murabbiylarning mahoratiga baho berishdi. Murabbiylik kursining so‘nggi kuni tegishli sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi.
Murabbiylar malakasini oshirish Federatsiyaning murabbiylar tarkibini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarining muhim qismidir. Xalqaro tajriba va zamonaviy tayyorgarlik usullari mutaxassislarimizga mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish va dzyudochilarning tayyorgarlik sifatini oshirishga yordam beradi.